"Sevilya" klubining iste'dodli himoyachisi Jyul Kunde faoliyatini "Real Madrid" jamoasida davom ettirishi mumkin.
Marca nashrining xabar berishicha, Kunde "qirollik klubi"ning yozgi transfer oynasidagi asosiy transfer maqsadlaridan biri. Frantsuzga shaxsan Zidannnig o'zi qiziqish bildirmoqda va uni kelgusida "qaymoqranglilar" mudofaasning yuragi bo'ladi deb hisoblaydi.
Eslatib o'tamiz, "Sevilya" 22 yoshli himoyachi uchun 80 million evro so'ramoqda.