«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Real»ga uchralgan mag'lubiyat (umumiy hisob-1:3) haqida fikr bildirdi.
«Har bir qarama qarshilikda bosh murabbiy o'ziga kalit echimlarni tuzib olishi kerak. Men mana shu pallada tizginni qo'ldan boy berdim. Biz kecha yomon o'ynamadik. Biroq Madriddagi omadsizlik oyog'imizdan tortib qoldi.
Bu kabi ikkitalik o'yinlarga kattaroq rejalar tuzish kerak. Muxlislarning daldasi ham etishmadi. "Real" har doim eng noqulay raqib bo'lgan. Ularning so'nggi yillardagi tajribasi barcha masalani hal etib ketdi.
Endi Premer-ligadagi imkoniyatimzni qo'ldan chiqarmaslikka harakat qilamiz», - deydi Klopp.