Ammo kataloniyaliklar 2021/22 yilgi mavsum oxirigacha kutishmoqchi, o'shanda norvegiyalikni 75 million evroga sotib olish bandi kuchga kiradi. "Borussiya" esa uni shu yilning o'zida 150 million evrodan kamiga sotmoqchi emas.
Manbaga ko'ra, "Barsa" prezidenti Joan Laportada Xolandni "Real"ga emas, balki kataloniyaliklar safiga qo'shilishga ko'ndirish rejasi bor.
Laportaning rejasi – bu Erlingga Lionel Messi bilan birga o'ynash imkoniyatini berish va keyinchalik argentinalik futbolchi nafaqaga chiqqach, uni "Barsa"ning asosiy yulduziga aylantirish.
20 yoshli futbolchiga "Real Madrid" ham qiziqish bildirmoqda va yaqinda yana Madrid klubi prezidenti etib saylangan Florentino Peres vaziyatni shunchaki kuzatib turmasa kerak. Voqealar rivojini birgalikda kuzatamiz.