«Manchester Yunayted» «Real» markaziy himoyachisi Rafael Varan xizmatlariga qiziqish bildirmoqda - deya xabar beradi Britaniya matbuoti.
«Mankunianlar» frantsuzning yozda jamoasini o'zgartirish rejasidan xabardor. Shu sababli uni Maguayrga asosiy o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. «Qirollik klubi» himoyachisi uchun 60 million evro narx belgilagan. Biroq MYu buni pasaytirishga harakat qilib ko'radi.
Shuningdek, «qizil iblislar» agar Varan rejasi o'xshamay qolgan taqdirda Ibraima Konate ("RB Leyptsig"), Pau Torres ("Vilyarreal") hamda Jyul Kunde ("Sevilya") kabi futbolchilarni xarid qilishi mumkin.