«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp EChL 1/4 finalidan o'rin olgan «Real»ga qarshi javob o'yinidan oldin o'z kutilmalari bilan bo'lishdi.
«1:3 hisobida ortda borayotganingda, allaqachon musobaqadan chiqib ketgandek tuyuladi, shunday ekan bizning yo'qotadigan narsamiz yo'q. Biz harakat qilamiz, bu bizning vazifamiz. Aynan shunday o'y bilan mazkur bahs uchun tayyorgarlik ko'rmoqdamiz.
Madridda ko'rsatgan o'yinimizdan o'tkirroq o'ynay olsak, shunda imkoniyatlar yuzaga kelishi mumkin. Sababi, mehmonda deyarli hech narsa yarata olmaganimizni ko'rdik. Kambek uchun kafolat bera olmaymiz, ayniqsa muxlislarsiz o'tadigan o'yinda. O'zimiz uchun to'g'ri bo'lgan atmosferani yaratishga yana urinib ko'ramiz.
«Real» Zidan boshqaruvida ko'p o'yinlarda g'alaba qozonmadi, chunki mazkur jamoa etarlicha tajribaga ega emas. Bu juda tig'iz mavsum bo'ldi, ularda ham xuddi biz kabi jarohatlar ko'p bo'ldi. Mavsumning hal qiluvchi qismi aynan hozir va «Barselona» bilan o'yindan keyin jamoa charchoq holatida emas, aksincha bahsga yuz foiz tayyor»— deydi Klopp.