Ispaniya chempionati hakamlari texnik qo'mitasi “Real” bosh murabbiyi Zayniddin Zidanni 10 o'yinga diskvalifikatsiya qilishi mumkin, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo nashri.
Nashrning ta'kidlashicha, Zidan Krishtianu Ronalduning 5 o'yinga chetlatilishi borasida aytgan so'zlari uchun shu tariqa jazolanishi mumkin. “Siz bunday qarorni ko'rganingizda, bu erda hammasi men o'ylaganchalik oson emas, deb o'ylay boshlaysiz”, deb izoh bergan Ronalduning diskvalifikatsiya qilinishiga Zidan.
Ta'kidlanishicha, agar texnik qo'mita Zidanni aybdor deb topsa, u 4 o'yindan 10 o'yingacha o'tkazib yuborishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu Ispaniya Superkubogi uchun birinchi uchrashuvda hakamni orqasidan turtgani uchun 5 o'yinga chetlatildi.