«Real» yarim himoyachisi Lukas Vaskes klubini o'zgartirishi mumkin.
Ispaniyalik futbolchining shartnomasi yozda yakunlanadi va hali ham madridliklar bilan kelishuvga erishgani yo'q. Ayni paytda Lukasga PSJ klubi qiziqib qolgan. Bundan tashqari, «Bavariya» jamoasi ham futbolchi uchun kurashga qo'shilgan.
Vaskesning «Real»dan ketish ehtimoli yuqori. Klub o'zining taklifi — 3 mln evro yillik maosh va 3 yillik shartnomasini o'zgartirmoqchi emas. Ushbu taklif o'tgan kelishuvdan 10 foizga kamroq. O'yinchining o'zi maoshi ko'tarilishini istamoqda.