Avvalroq COVID-19 bilan kasallangani malum qilingan Varan koronavirusga qayta test topshirdi va javob manfiy chiqdi. Agar takroriy test ham futbolchi sog'lig'i bilan barchasi joyidaligini tasdiqlasa, himoyachi safga qaytadi. Biroq franciyalik ECHL 1/4 final javob uchrashuvi doirasida "Liverpul"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi va faqatgina "Xetafe"ga qarshi uchrashuvga tayyor bo'ladi.