Florentino Peres avtomatik ravishda «Real» prezidentligi lavozimiga qayta saylandi. Sababi, yangi saylovda u madridliklar boshqaruvi uchun ariza topshirgan yagona nomzod bo'ldi, deya xabar bermoqda AS nashri.
Shu tariqa, saylovda ovozlar kerak bo'lgani yo'q. Endilikda, menejer Madrid klubini 2021 yildan 2025 yilga qadar boshqarib boradi.
Eslatib o'tamiz, Peres «Real»ni 12 yildan beri boshqarmoqda. Oldinroq, 2000-2006 yillarda ham «qaymoqranglilar» prezidenti sifatida faoliyat olib borgan.