«Real Madrid» himoyachisi Eder Militao yozda jamoani tark etishi mumkin.
Goal xabariga ko'ra, «qaymoqranglilar» braziliyalik futbolchini saqlab qolmoqchi, ammo Militaoning o'zi iyul oyida boshqa klublarning takliflarini ko'rib chiqishga tayyor.
Himoyachi klubdagi mavqeidan qoniqmaydi, u ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istaydi. «Real Madrid» rahbariyati Ederning kelajakda klubning asosiy o'yinchisiga aylanishiga qodir ekaniga aminligicha qolmoqda.
23 yoshli braziliyalik futbolchi ushbu mavsumda Madrid klubi tarkibida, barcha turnirlarda atigi o'nta o'yinda maydonga tushgan va 1 gol urgan. Militaoning Ispan klubi bilan shartnomasi 2025 yil 30 iyungacha amal qiladi.