Ispaniya chempionatida 30 tur ortda qoldi. Yuqoridagi uchlik o'rtasida fantastik raqobat. "Atletiko", "Real" va "Barselona" orasida bittadan ochko farq. Ular yana 8 tadan o'yin o'tkazishadi.
Liderlarning bu mavsumdagi ochko yo'qotish doimiyligini inobatga olsak, chempion masalasi hamon katta so'roq ostida. Kuchli uchlik kimlar bilan o'ynaydi? Ko'rib chiqamiz.
"Atletiko" - Eybar, Ueska, Bilbao, Elche, Barselona, Sosedad, Osasuna, Valyadolid.
"Real Madrid" - Xetafe, Kadis, Betis, Osasuna, Sevilya, Granada, Atletik Bilbao, Vilyarreal.
"Barselona" - Xetafe, Vilyarreal, Granada, Valensiya, Atletiko, Levante, Selta, Eybar.
Bu uchrashuvlarning har biri final darajasiga teng bo'ladi. Yoqimli tomosha!
Davron Fayziev.