"Vest Xem" safida ijara asosida to'p tepayotgan "Manchester Yunayted" futbolchisi Jessi Lingard Evropaning bir qator grand klubalari nazariga tushdi.
Angliyalik futbolchining ayni vaqtda ko'rsatayotgan o'yini ko'plab jamoalarning e'tiborini tortgan, ammo futbolchi mavsum yakunigacha muzokaralar olib bormaydi. Shuningdek, "bolg'achilar" ham Jessini o'z tarkibida olib qolish niyatida.
Lingardga "Real", PSJ va "Inter" kabi grand jamoalar qiziqish bildirmoqda. 28 yoshli futbolchi kelgusi mavsum EChlda o'ynashni xohlaydi va shu sababli, u "Vest Xem"ning taklifini rad etadi.