«Barselona»ning Janubiy Amerika bo'yicha sobiq skauti Andre Kyuri «Real» yarim himoyachisi Vinisius Junior o'z vaqtida "ko'k-anorranglilar" safiga o'tishi mumkinligi haqida ma'lumot berdi.
«Biz Vinisius bilan "Real"ga nisbatan uch yarim yil ertaroq aloqaga chiqqandik. Yakunda esa uning agentlari bizga xiyonat qilishdi. "Barsa" uning kompaniyasi mijozi edi, "Madrid" emas. O'zaro munosabatlarimiz shu darajada yaxshi ediki, bir-birimizning to'ylarimizga mehmon bo'lib borardik.
Lekin hal qiluvchi pallada ular orqamizdan pichoq urishdi. Vinisius «Real»ga o'tishidan 15 kun avval «Barselona»ning fanati ekanini, Neymar uning kumiriligini, Messi esa Krishtianudan yaxshiroq ekanini aytib yurgandi», – dedi Kyuri.