Mino Rayola, «Borussiya» hujumchisi Erling Xolandni haftasiga 1,1 million evro maosh oluvchi birinchi futbolchiga aylanishini istaydi.
Bunday talablar «Manchester Siti», «Real Madrid» va PSJ dan tashqari ko'plab klublarni xavotirga solishi mumkin.
Avvalroq, agent Mino Rayola va Xolandning otasi 1-aprel kuni Barselonaga, keyinchalik esa Madrid shahriga borib ikkala top klub bilan muzokaralar olib borgani haqida xabar qilingan edi.
Norvegiyalikning «Borussiya» bilan shartnomasi 2024 yil 30-iyungacha amal qiladi. Ushbu mavsumda hujumchi Germaniya Bundesligasining 23 uchrashuvida maydonga tushib, 21 gol urdi va 5 golga assistentlik qildi.