«Real» posboni Tibo Kurtua La Liga 30-turi doirasida bo'lib o'tgan «Barselona»ga qarshi bahsdan keyin (2:1) o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
«Ikkinchi bo'lim biz uchun juda qiyin o'tdi, ammo biz uddaladik va yaxshi o'yin namoyish etdik. Jamoa qanday kurashishni biladi va bugun buni ko'rsatdik.
Biz bir maqsad yo'lida yaxshi himoyalandik. Raqibga bir qancha vaziyatlar yaratishga imkon berdik, lekin xavfni bartaraf eta oldim.
Bunday yomg'irli havoda hamma eringiz ho'l bo'ladi, qo'llaringiz muzlaydi. Biroq, yuqori haroratli tempda bor e'tibor faqat o'yinga qaratiladi va boshqa hamma narsa unutiladi», — deydi Kurtua.