Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi (RFEF) «Real»ning Ronaldu diskvalifikatsiyasi bo'yicha bergan apellyatsiyasini ko'rib chiqdi.
Shikoyatni o'rganib chiqqan komissiya "Real" klubining da'vosini o'rinsiz deb topdi va futbolchining diskvalifikatsiyasini o'z kuchida qoldirdi.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu «Barselona»ga (3:1) qarshi Superkubok bahsining 82-daqiqasida bosh hakam Rikardo Bengoechea tomonidan maydondan chetlatilgach, uni qo'li bilan turtib yuborgan edi.
RFEF Ronalduning bu harakatlarini tajovuzkorona deb baholab, uni qizil karta uchun 1 o'yinga, hakamni turtgani uchun 4 o'yinga diskvalifikatsiya qildi.
Endi Ronaldu «Barselona»ga qarshi Superkubok javob o'yinini, shuningdek Ispaniya chempionatidan o'rin olgan «Deportivo», «Valensiya», «Levante» va «Real Sosedad»ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.