"Real" fanatlari "Barselona" himoyachisi Jerar Pikeni o'ziga xos tarzda mazax qilishni rejalashtirmoqda.
Don Balon xabariga ko'ra, bir guruh ashaddiy muxlislar Ispaniya superkubogining javob bahsida Pikening har bir harakatini olqishlab turishni maqsad qilgan.
Shu tarzda 30 yoshli futbolchiga "Kamp Nou"dagi dastlabki o'yinda urgan avtogoli uchun tashakkur bildirmoqchi.