«Barselona»ning tarkibi avvalgi yillarga qaraganda ancha o'zgardi. Shu bois, bugun "ko'k-anorranglilar"ning sakkiz nafar futbolchisida "el-klasiko"da debyut qilish imkoniyati bor.
Ular — Ronald Arauxo, Oskar Mingesa, Xunior Firpo, Miralem Pyanich, Riki Puch va Ilaysh Moriba. Shuningdek, zaxira darvozabonlari Inyaki Penya va Arnau Tenas ham faoliyatida ilk marta "Real"ga qarshi o'yinda maydonga tushish imkoniyati mavjud.
"Mundo Deportivo"ning taxminicha, bunday imkoniyat Arauxo va Mingesada ko'proq.
Eslatib o'tamiz, "Real Madrid" - "Barselona" uchrashuvi 2 soatdan so'ng — Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.