«Barselona» markaziy himoyachisi Jerar Pike bugungi «Real»ga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkin.
Bu haqda AS xabar beradi. Jarohatdagi futbolchi yaqinda tizzasidan og'riq qoldiruvchi vositalar qabul qilgan. Endi Jerar o'yin davomida og'riqni his qilmasligi mumkin. Faqat Kuman bunga tavakkal qilmoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, Pike martning boshidan beri tizzasidan olgan jarohati bois maydonga tusha olmayapti.