Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"El Klassiko"da "Real" yutadimi? (CA xodimlarining taxmini)

Bugun barchaning etibori Ispaniya La Ligasinining navbatdagi turidan o'rin olgan "Real Madrid" va "Barselona" jamoalari o'rtasidagi "El Klassiko"ga qaratilishi shubhasiz.

.
- Yuklab olish

Saytimiz xodimlari mazkur bahs natijasini taxmin qilib ko'rishdi.

Eldor Akmurzaev (xorij futboli bo'yicha xodimimiz, zarur paytda yordamini ayamaydigan inson): Hisobni taxmin qilmayman, shunchaki, "Real" favoritdek ko'rinmoqda. Kuman top jamoalarga ("Yuventus" 0:3, PSJ 1:4 va 1:1, "Atletiko" 0:1, "Real" 1:3) qarshi oxirgi o'yinlarga jamoasini yaxshi tayyorlay olmayapti. Balki, bu o'yinda gollarga boy durang bo'lar, chunki, Ramos, Varan va Karvaxal kabi asosiy himoyachilarning yo'qligi "Barsa"ga qo'l kelishi mumkin.

Narzulla Saydullaev (Saytimizning eng katta xodimi): Ikkala jamoa ham hozir yaxshi formaga kirib olgan. Biroq menimcha o'yinda hech bir jamoa yuta olmaydi. Bu mavsum "Atletiko" chempion bo'lsa kerak. Taxminim 1:1 hisobida tomonlar murosaa ko'chasini tanlashadi.Mirjalol Normatov (PUBG bo'yicha ekspert): "Real" 2:1 hisobida g'alaba qozonadi. Bunda "Real"ning o'z maydonida o'ynayotgani asosiy faktor bo'ladi.Aziz Nuriy (tajribali tadbirkor): Taxminim — 1:2. SHunchaki, "Barselona" hozirda "Real"dan kuchliroq.Xayrulla Xoliqov ("Barsa" muxlisi): "Barselona" g'alaba qozonadi — 6:1.Omonjon To'xtamirzaev ("Real" muxlisi): "Qirollik klubi" g'alaba qozonadi — 3:0.Kamoliddin Alimov (odamda hamma narsa juft bo'lishi kerak, deydigan ustozimiz): Tomonlar bittadan gol urishadi.Jahongir Fayzullaev ("Guliverning sayohatlari"ni o'qiyotgan xodimimiz) - Ortiqcha gap-so'zga xojat yo'q. "Barselona" ushbu to'qnashuvda g'alabani ilib ketadi.Abdulaziz Iskandarov (saytimiz xodimlarining asosiy tanqidchisi): "Real Madrid"da "Liverpul" bilan o'yindan so'ng kayfiyat juda yuqori darajaga chiqqan. Bu Zidan shogirdlariga qo'l kelishi mumkin. 3:1 "Real" uch ochkoni qo'lga kiritadi. Yakunda baribir "qirollik" klubi chempionlikni tantana qilsa kerak, deb o'ylayman.

Bundan tashqari, Faxriddin Ro'ziev "Real"ning osonlik bilan g'alaba qozonishini kutyapti. Tolibjon Qosimov esa taxmin bildirishdan bosh tortdi.

Qadrli muxlis, ushbu uchrashuvdan kimning g'alabasini kutyapsiz?

Real Madrid

LaLiga . 30-tur

11/04/2021, 00:00

- : - Boshlanmadi

Barcelona

Stadion: Alfredo Di Stefano

Bosh hakam: Jesus Gil

Match-senterda ochish

BestMaster
10 Aprel 2021, 17:15
klassikoda, real, yutadimi?, xodimlarining, taxmini,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 amirbekh  
Real madrid g'alaba qozonishi qiyin ammo buni uddalasa boladi
10 Aprel 2021, 21:04
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads