Madridning «Real» klubi hujumchisi Karim Benzema amaldagi shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi.
Bu haqda frantsuzning agenti Karim Jaziri xabar beradi. «Ha men avvalroq Karimning Frantsiyaga, "Lion"ga qaytishi haqida aytgandim.
Chunki bu uning shahri, qadrdon klubi. Biroq hozir Benzema "Real"da qolishni o'ylayapti, yangi shartnoma tuzishga yaqin», - deydi agent.
Eslatib o'tamiz, 33 yoshli Benzemaning «qirollik klubi»dagi shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan.