Florentino Peres «Real Madrid»ning navbatdagi prezidentlik saylovlarida yagona nomzod. Bu haqida klub rasmiy sayti xabar berdi.
9 aprel, juma kuni amaldagi prezidentning vakili Peresni ro'yxatdan o'tkazgan, boshqa nomzodlar esa o'z arizalarini topshirmagan. Agar 12 aprelga qadar yangi nomzodlar paydo bo'lmasa, Peresning prezidentligi avtomatik ravishda 2025 yilgacha uzaytiriladi.
Peres birinchi marta 2000 yil iyul oyida «Real» ni qabul qilib oldi. 2006 yil fevral oyida u iste'foga chiqdi. Ikkinchi marta Florentino 2009 yilda «qaymoqranglilar» prezidenti bo'ldi va shu vaqtdan buyon o'z lavozimida ishlamoqda.
Fevral oyi oxirida Pres koronavirusdan tuzalgani ma'lum bo'ldi. Qirollik klubi prezidentida kasallik asemptomatik ekanligi xabar qilingan edi.