"Barchaga malumki, men "Real"ga tegishliman. Ushbu mavsum yakunlanganidan keyin u erga qaytaman. "Ayntraxt" - men uchun o'zgacha klub. Ammo oradan bir necha oylar o'tib, "Real"ga qaytganimdan keyingina kelajagimni muhokama qila olaman", - dedi futbolchi.
23 yoshli forvardning "blankos" bilan shartnomasi 2025 yilga qadar davom etadi. Ushbu mavsumda Yovich "Ayntraxt" tarkibida 12 o'yinda 3 gol va 1 assist qayd etdi.