Xabaringiz bor, «Real» hujumchisi Vinisius Junior Chempionlar ligasida yakuniga etgan haftaning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.
Braziliyalik futbolchi «Liverpul»ga qarshi kechgan bahsda o'z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo'ydi. Undan tashqari u o'sha kuni darvozaga eng ko'p zarba yo'llagan - 4, 2 ta dribling amalga oshirgan, 2 ta fol ishlab olgan va xuddi shuncha aldab o'tishni bajargan.