Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan mavsum yakunlangach jamoani tark etishi haqida o'ylamoqda.
Sport.es xabariga ko'ra, frantsiyalik mutaxassisning bunday qarorga kelishiga sabab - uning jismoniy va aqliy tomonlama zo'riqishlarga uchrayotgani bo'lib turibdi.
Qayd etish kerak, Zidanning shartnomasida jamoani o'z xohishiga binoan tark etish varianti mavjud.
Eslatib o'tamiz, Zidan «qirollik klubi»ni 2019 yilning martidan buyon boshqarib kelmoqda.