"Real" Madrid klubi himoyachisi Dani Karvaxal jarohatidan forig' bo'ldi va u "Barselona"ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin, deya xabar bermoqda AS nashri.
Ispaniyalik futbolchi tiklanish jarayonining so'nggi bosqichida va "qirollik klubi"ning oldinda turgan muhim o'yinlarida jamoaga yordam berishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, 29 yoshli futbolchi ushbu mavsum La Ligada 11 o'yin o'tkazib, o'z hisobiga 2 ta assist yozdirib qo'ygan.