Davogarlardan biri Enrike Rikelme o'z rejalari haqida gapirdi.
"Men Ronalduni "Real"ga qaytarish masalasini kun tartibiga qo'ygan bo'lardim. Qari va yosh futbolchilar yo'q, faqatgina yaxshi va yomon o'yinchilar bor.
Zidan mening murabbiyim bo'lmagan bo'lardi. Biz boshqa strategiyalar bilan boshqa tipdagi murabbiyni tanlagan bo'lardik. Menga Yurgen Klopp va Raul yoqadi.
Mbappe? Bu katta futbolchi, ammo dastlab klubning moliyaviy ko'rsatkichlarini ko'rish kerak", - deydi Rikelme.
Ayni damda "Real" prezidenti Florentino Peres hisoblanadi.