28 yoshli franciyalik futbolchi "qizil iblislar" tarkibida ortiq qolmoqchi emas, o'yinchi klubda sovrinlar uchun kurashishga maqsadlar va yaxshi tarkib yo'q deb hisoblaydi.
Xabarlarga ko'ra, Pogba hozirda "Real" va "Yuventus" bilan shaxsiy shartnomani muhokama qilmoqda. O'yinchi ehtimoliy xaridorga 60 mln evroga tushadi.
Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.