"Barselona" himoyachisi Jerar Pike Ispaniya chempionatining 30-turidan o'rin olgan "Real"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin.
34 yoshli nazariy jihatdan jarohatidan forig' bo'lishga ulgursa ham, jismoniy jihatdan maydonga tushishga tayyor bo'lmaydi.
Pike bugun "Barselona"ning mashg'ulot bazasiga keldi va shug'ullandi. U katta ishtiyoq bilan shug'ullanishga harakat qildi, ammo mashg'ulotdan keyin o'zini yaxshi his qilmadi. Shu bois, uning "klasiko"da ishtirok etish ehtimoli ancha past.