Franciyalik futbolchi "qizillar"ga qarshi o'yinda ishtirok etmadi va 10 aprel kuni tashkillashtiriladigan "Klasiko"ni ham o'tkazib yuboradi. Biroq, AS xabariga ko'ra, Varanning kasallikka chalinishi butun "Madrid"ni xavf ostida qoldirmoqda. Sababi u jamoadoshlari bilan mashg'ulotlar vaqtida ham aloqada bo'lgan.
Seshanba kuni qolgan futbolchilarning qayta topshirgan testi barchasi joyidaligini va "Liverpul"ga qarshi uchrashuvda ishtirok eta olishlari mumkinligini ko'rsatgandi. Biroq yakuniy xulosa chiqarishga biroz erta.
Agar "Madrid"ning boshqa futbolchilari ham COVIDga chalingan bo'lsa, shanba kuni "Barselona"ga qarshi o'tishi rejalashtirilgan o'yinni so'roq ostida qoldirmoqda.
Pandemiya boshlanganidan buyon "qaymoqranglilar" safida Zinedin Zidan, Eden Azar, Nacho, Kazemiro, Eder Militao, Andrey Lunin va Mariano COVID-19 bo'lib, tuzaldi.