«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Evropa chempionlar ligasining chorak final bosqichidan o'rin olgan «Real»ga qarshi o'yinda jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.
Misrlik futbolchi EChL doirasidagi ketma-ket to'rtinchi o'yinda gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bunday holat uning faoliyatida ilk marta yuz berdi.
Mazkur gol Saloh uchun musobaqaning joriy mavsumidagi oltinchisi bo'ldi. U to'purarlar poygasida bir qator futbolchilar bilan birgalikda ikkinchi o'rinni egallab turibdi. "Borussiya Dortmund" hujumchisi Erling Xoland esa 10ta gol bilan peshqadam bo'lib turibdi.