Bugun 15-may "Real Madrid" tarixida oltin harflar bilan yodga olinadigan kun. Bundan 15 yil avval aynan 15-may kuni "Real" o'z tarixida 9-bor Yevropa chempionlar ligasini boshi uzra ko'tarishga erishgan.
2002-yilning 15-may oqshomida "Qirollik klubi" Glazgodagi "Xempden Park" stadionida Germaniyaning "Bayer Liverkuzen" jamoasiga qarshi bosh sovrin uchun maydonga tushgan hamda 2:1 hisobida g'alaba qozongan. Dastlab Raul 9-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, 14-daqiqadayoq Lusio hisobni tenglashtirishga erishgan. 1-taymning so'nggi - 45-daqiqada Zidan tomonidan kiritilgan "asr goli" Madridliklarga 9-kubokni taqdim etgan.
"Real Madrid": Sesar (Casillas, 68'), Salgado, Yerro, Elguera, Roberto Karlos, Figo (McManaman, 61'), Makelele (Flavio, 73'), Solari, Zidane, Raul, Morientes.
"Bayer Leverkusen":
Butt, Sebescen (Kirsten, 65'), Zivkovic, Lucio (Babic, 91'), Placente; Shnayder, Ramelow, Ballack, Brdaric (Berbatov, 38'), Bashturk, Noyvill.
Gollar:
1-0(min. 9):Raul.
1-1(min. 14):Lucio.
2-1(min. 45):Zidan.
Bosh hakam: Urs Meier (Shvetsiya).
Stadion: ''Hampden Park'' (Glazgo).
RealBlancos