Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin.
YANGILASH
Mezbonlar vaziyat ketidan vaziyatga ega bo'lishmoqda...
65-daqiqa. GOOOOOOOOL! Vinni 3:1. Junior dubl rasmiylashtirmoqda.
64-daqiqa. Xavfli vaziyat! Marko Asensio Trentni juda ham mensimay harakat qildi va to'pni sherigiga o'tkazib bera olmadi.
63-daqiqa. Ferlan Mendi jamoasini o'ta xavfli vaziyatda qutqarib qoldi. Franciyalik himoyachi Mane gol urib ketishiga yo'l qo'ymadi.
61-daqiqa. Uzoq davom etgan kombinaciyani Kroos chap oyoqdagi zarbasi bilan yakunladi, lekin to'p darvozadan yuqorilab o'tib ketdi.
Goh u jamoa, goh bunisi to'pni va u bilan birga o'yin nazoratini o'z tomoniga og'dirib, raqibning zaif nuqtalarini izlamoqda.
59-daqiqa. "Real" jarima maydoni ichida xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, lekin himoyaga yordamga qaytgan Asensio foydali harakat qilib, to'pni uzoqlashtirishga erishdi.
56-daqiqa. Ogohlantirish! Keyin Asensioga nisbatan qo'pollik sabab Alkantara ogohlantirildi.
55-daqiqa. "Liverpul"ning tezkor hujumini Militao boshi bilan to'pni qaytarib, uzib qo'ydi.
54-daqiqa. O'z navbatida "Real" ham o'yinni bunday davom ettirib bo'lmasligini tushundi va oldinga o'tmoqda.
Bo'limni ancha faol boshlagan mehmonlar oxiri niyatlariga etishdi va Salax yuzaga kelgan imkoniyatdan unumli foydalandi.
51-daqiqa. GOOOOOOOOL! Salax farqni qisqartirdi.
50-daqiqa. "Real" tezkor ravishda hujumga chiqishga urindi, lekin omadsiz.
Uzatmadan keyin Kazemiro to'pni qaytarib, xavfni bartaraf etdi.
49-daqiqa. Ogohlantirish! To'pga ulgurmay, Jotaning oyog'iga zarba bergani uchun Lukas Vaskesga sariq kartochka ko'rsatildi.
47-daqiqa. "Liverpul" ikkinchi bo'limning ilk daqiqalaridanoq vaziyatni o'zi tomonga og'dirish niyatida harakat qilmoqda.
Maydon markazida qoida buzildi. Feliks Brix mezbonlar qoida buzdi deb topdi.
46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Uni mehmonlar boshlab berishdi.
Jamoalar maydonga qaytishdi va ikkinchi bo'lim boshlanishi uchun barchasi tayyor!
O'sha bir daqiqani "Liverpul" hujumda o'tkazmoqchi edi, lekin aytarli hujum bo'lmadi va mehmonlar oldinga o'tavermagach, hakam barchani tanaffusga taklif qiluvchi hushtagini chaldi. Hozircha o'yinning birinchi qismini yaxshiroq o'tkazgan "Real Madrid" oldinda — 2:0. Umid qilamizki, ikkinchi bo'limda biz bundanda hujumkor va yorqin o'yin guvohi bo'lamiz.
45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi.
44-daqiqa. Standart vaziyat, uni Trent amalga oshirdi. Uzatmadan keyin hakam Filips jarima maydoni ichida Kazemiroga nisbatan qo'pol o'ynadi deb topdi.
42-daqiqa. O'zgarish! Kloppga o'yin borishi yoqmayotgani turgan gap. Va germaniyalik murabbiy buni ochiqchasiga ko'rsatib, 42-daqiqadayoq o'yinchi almashtirishga qo'l urdi. Keyta o'rniga Tyago.
39-daqiqa. Ogohlantirish! Maydon markazida qo'pol harakat qilgani uchun Sadio Mane ogohlantirildi.
Yana Toni Kroosning yaxshi uzatmasidan keyin Trent to'pni Vinisiusga o'tkazmaslik uchun Asensioga tashlab berdi...
36-daqiqa. GOOOOOOOOOL! Marko Asensio oradagi farqni ikkitaga oshirdi!
35-daqiqa. "Liverpul" bu safar ham Manening qanotidan oldinga o'tishga urindi, lekin hujum boshlanmay, yakuniga etdi.
34-daqiqa. O'ng qanotdan Vaskes oldinga o'tdi va to'pni jarima maydoniga etkazdi, lekin Benzema to'p himoyachilardan o'tishini kutmagandi chog'i, zarba berolmay qoldi.
33-daqiqa. Burchak to'pidan keyin Marko Asensio zarba berdi, lekin uning urinishiga aniqlik etishmadi.
31-daqiqa. O'yin tempi ancha oshdi. Avvaliga Benzema imkoniyatga ega bo'layotganida yiqildi va hakamga umid bilan boqdi, lekin Brix hech nima yo'q dedi. Qarshi hujumda esa avvaliga Salaxga imkoniyat qoldirishmadi, keyin esa Keyta zararsizlantirildi.
29-daqiqa. "Liverpul" endi baxtini hujumdan izlashi turgan gap. SHunday hujumlardan birini Mane tashkillashtirib berdi, chap qanotdan oldingan o'tgan Sadioning uzatmasidan keyin Kurtua osonlik bilan to'pni egallab oldi.
27-daqiqa. GOOOOOOOOOL! Vinisius hisobni ochdi! Uzun pasdan keyin Vinisius markaziy himoyachilarning sustkashligidan unumli foydalandi va qulay nuqtaga chiqib borib, darvozani ishg'ol etdi.
25-daqiqa. Karim Benzema zarbaga imkon topdi, lekin Kabak to'p darvozagacha etib borishiga yo'l qo'ymadi. Turkiyalik futbolchi hozircha ancha ishonchli o'yin ko'rsatmoqda.
Hozircha har ikki jamoa ham raqibiga nisbatan kuchli hurmat bilan harakat qilmoqda. Hujumga o'tishda hech bir futbolchi ortiqcha shoshilmayapti.
21-daqiqa. Nabi Keyta texnikasini namoyish qilib, bir nechta raqibini aldab, oldinga o'tib ketayotgandi, lekin baribir to'pni oldirib qo'ydi.
20-daqiqa. "Liverpul" hujumini to'xtatgan mezbonlar tezkor qarshi hujumga o'tishga urinib ko'rishdi, biroq Trent Arnold Vinisiusni qo'yib, qochirib yubormadi, keyin esa braziliyalikning Vaskesga uzatmasi qovushmadi.
17-daqiqa. Ozan Kabak markazdan Vinisius jarima maydoniga kirib ketishiga yo'l qo'ymadi.
12-daqiqa. Mendining uzatmasidan keyin Vinisius boshi bilan to'pni darvozaga yo'llagandi, lekin biroz noaniq.
10-daqiqa. "Real"ning chap qanotidan rivojlantirilgan hujum yana bir burchak to'pi bilan yakunlandi.
8-daqiqa. Yana mehmonlar himoyachilari bosim ostida to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi.
6-daqiqa. "Liverpul" futbolchilari o'yin tempini biroz tushirish maqsadida, to'pni o'zlarida ushlab turishga urinishmoqda.
Uzatmadan keyin himoyachilar to'pni uzoqlashgandek bo'ldi, ikkinchi tempda davom etgan hujum Kazemiro o'yindan tashqari holatda to'pni qabul qilgani uchun to'xtab qoldi.
4-daqiqa. Marko Asensioning zarbasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi va burchak to'pi ishlab berdi.
Uchrashuvdagi birinchi aniq zarbani ham mezbonlar, aniqrog'i Benzema yo'lladi.
2-daqiqa. "Liverpul" futbolchilari oddiy vaziyatda xatoga yo'l qo'yib, to'pni raqibga "sovg'a" qilishdi.
1-daqiqa. O'yinni Karim Benzema boshlab berdi.
Sardorlar va hakamlar rasmiy qismlarni yakunlab olishmoqda.
Har ikki jamoa asosiy tarkib futbolchilari maydonga tushib kelishdi.
Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.
"Real Madrid" - "Liverpul"
"Estadio Alfredo Di Stefano" o'yingohi
"Real" - Kurtua, Militao, Nacho, Kroos, Benzema, Modrich, Asensio, Kazemiro, Vaskes, Vinisius, Mendi.
"Liverpul" - Alisson, Aleksandr-Arnold, Fillips, Kabak, Robertson, Fabino, Viynaldum, Keyta, Mane, Saloh, Jota.
Real Madrid Vinicius Junior - 27', Marco Asensio - 36', Vinicius Junior - 65' | Champions League Final Stage . Quarter Finals-tur 07/04/2021, 00:00 1 : 3 2-bo'lim | Liverpool Mohamed Salah - 51' |
Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Felix Brych
45' 90' 27' Vinicius Junior27' Toni Kroos36' Marco Asensio49' Lucas Vazquez65' Vinicius Junior65' Luka Modric70' Marco Asensio (Federico Valverde)39' Sadio Mane42' Naby Keita (Thiago Alcantara)51' Mohamed Salah56' Thiago Alcantara Match-senterda ochish