«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman Ispaniya La Ligasining 30 turi doirasida bo'lib o'tadigan «Real» bilan bo'lajak klassiko haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Yaxshi o'ynamasdan g'alaba qozondik [o'tgan turda]. Biz mavsumning chiroyli va hayajonli finaliga tayyormiz. Oldinda El-klasiko!», - deb yozgan, niderlandiyalik mutaxassis o'zining tvitter sahifasida.
Eslatib o'tamiz, turnir jadvalida jamoalar o'rtasidagi farq atigi 2 ochkoni tashkil qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi «Barselona» hozirda 65 ochko jamg'argan bo'lsa, «Real Madrid» hisobida 63 ochko mavjud. «Real» - «Barselona» uchrashuvi 10 aprel kuni Alfredo di Stefano stadionida bo'lib o'tadi.