Bugun tunda EChLning chorak finalidan o'rin olgan bahsda "Real Madrid" o'z uyida "Liverpul"ni qabul qiladi. Mazkur uchrashuv oldidan "qirollik klubi" yana bir yo'qotishga duch keldi.
"Qaymoqranglilar"ning frantsiyalik himoyachisi Rafael Varanda koronavirus aniqlandi va u bugungi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.
Eslatib o'tamiz, madridliklarning yana bir himoyachisi Serxio Ramos ham bugungi uchrashuvni jarohati sabab o'tkazib yuboradi.