«Liverpul» hujumchisi Diego Jota «Real»ga qarshi Chempionlar Ligasi chorak final birinchi o'yini haqidagi taxminlari bilan o'rtoqlashdi.
«Biz yaxshi davrni boshdan kechirmoqdamiz. Chunki, bir necha kuchli raqiblarga qarshi quruq o'yinlik g'alabalar vayd etdik.
Ushbu bahs jiddiy sinov bo'ladi, biz bunga tayyor bo'lishimiz kerak. Raqibning o'yin uslubi shundayki, siz ko'p yugurishingiz va kurashishingiz kerak.
«Real» Chempionlar Ligasida eng ko'p sovrin yutish bo'yicha rekordchi hisoblanadi. Ular pley-offda qanday harakat qilishni bilishadi. O'z o'rnida biz eng yaxshi futbolimizni namoyish qilishimiz kerak bo'ladi.
Madrid jamoasining qanday o'yin ko'rsatishi muhim. Murabbiyimiz katta ehtimol bilan raqibning taktikasini taxmin qilishi aniq, ammo siz hech qachon to'liq ishonch hosil qila olmaysiz.
«Real Madrid» kombinatsiyalarini tashkil etishi uch-to'rtta himoyachi bilan qanday o'ynashini tushunish kerak», - deya portugaliyalikning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, «Real» - «Liverpul» uchrashuvi 6-aprel kuni bo'lib o'tadi.