"Motivaciya yuqori darajada. CHunki keyingi bosqichga chiqishni istaymiz. Buning 2018 yilgi finalga aloqasi yo'q. Agar o'sha finaldan bir oy o'tib, kimdir mendan "Serxio Ramosni tug'ilgan kungingizga taklif qilasizmi?" deb so'raganida "Yo'q" degan javobni berardim. Ammo hozir... Bu ishlarga ko'p bo'ldi.
Biz bu erga qasos uchun kelmadik, keyingi bosqichga chiqmoqimiz. O'zimizni yaxshi his qilyapmiz va umid qilamizki bu impulsni saqlab qolamiz.
"Real" favorit degan gap-so'zlarni ko'p eshitdim. Ajoyib! Bizda davogar (izoh - u ikkinchi raqamli bo'lishni nazarda tutdi) rolida bo'lish bilan bog'liq muammo yo'q.
Biz muxlislarimizga haliyam kurashayotganimizni ko'rsatmoqchimiz. Hali chempionatda yuqori turgan jamoalar bilan, shuningdek bu erda "Real" bilan kurashishimiz kerak", - dedi Klopp.