- Kimni favorit sifatida ko'ryapsiz?- Ikki jamoa ham ajoyib. Yaqqol favoritni ajratib o'tish qiyin.
- O'yin qanday o'tishini kutyapsiz?- "Liverpul" ushbu mavsumda eng o'xshayotgan ishini qilishda davom etadi, yani, intensiv ravishda pressing qiladi. Ular "Leypcig"ga qarshi ikkala o'yinda ham buni ko'rsata olishgandi. Bu esa muvaffaqiyat kaliti bo'ldi.
- "Liverpul" tez o'ynaydi. "Real" esa doimgidek tempni tushirishga harakat qiladimi?- Ha, "Liverpul" tez o'ynaydigan jamoa. "Real" esa bir tempni ushlab tura oladi. O'yinda kim o'zining tempini ko'rsata olsa, o'sha jamoa g'alaba qozonsa kerak.
- Muxlislarning yo'qligi kimga foydali?- "Real"ga. "Enfild"dagi atmosfera raqib jamoani eb qo'yadigan darajada qo'rqinchli. Bu "Liverpul"ga ko'p narsa berardi. 4:0 hisobi ham shu orqali kelgandi.