"ECHLdagi beshinchi g'alaba, jahon chempionati va Olimpiada o'yinlari haqida o'ylayapman. Qachon vaqti kelsa, o'shanda faoliyatimni yakunlayman. Asosiy maqsadim - "Real"ning ajralmas tarixi bo'lib qolish.
Faoliyatimni yaqin vaqtlar ichida yakunlash niyatim yo'q. Bu mening shaxsiy qarorim. Tanam ham shunday demoqda. U hali ishdan chiqqanicha yo'q.
Sovrin uchun kurashishni istayman. Agarda faoliyatimni yakunlamoqchi bo'lsam, rafiqam va bolalarim bilan maslahatlashaman", - dedi Ramos.