"Real Madrid" klubi yarim himoyachisi Eden Azar jarohatidan forig' bo'ldi, deya xabar bermoqda Ispaniyaning Marca nashri.
Manba xabariga ko'ra, belgiyalik futbolchi to'liq tiklangan va "Liverpul"ga qarshi o'yinda maydonga tusha oladi.
Eslatib o'tamiz, 30 yoshli futbolchi bu mavsum umumiy 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo'ydi.