"Real Madrid" sardori Daniel Karvaxal "Barselona"ga qarshi javob o'yinidan oldin press-konferensiyada qatnashdi.
"Kamp Nou"dagi ilk o'yindagi g'alaba Superkubog uchun tashlangan katta qadam bo'ldi. Boz ustiga "El Klassiko" raqibni uyida va bu qo'shimcha adrenalin bag'ishlaydi. Bizning maqsad sovrinni yutish. Ortda qolgan mavsumda biz "Barselona"ni chempionat baxslarida yuta olmadik."
Krishtianu Ronaldu disklifikatsiyasi haqida:
"Ronaldu hakamni ko'zini bo'ylashga urinmadi. U maydonda chetlatilmasligi kerak edi. Mening o'zim hakamni boshini qotirishni xohlamadim. Biz barchamiz bu qarordan xafamiz va umid qilamiz disklifikatsiya kamaytiriladi."
Faoliyatidagi eng yaxshi davr haqida:
"Men o'zimni bu klub tarixida ekanligimdan faxrlanaman. Men bu yerda bo'lishni va klub sharafini himoya qilib sovrinlar yutishni xohlayman."
Luis Suarez haqida:
"U buyuk futbolchi va buyuk hujumchi. Unda klassik puls 200%. Maydonga qaytadigan bo'lsak, ushbu vaziyatni barcha ko'rdi, hakam qarorni qabul qildi."
Neymar haqida:
"U jahon darajasidagi futbolchi. Men uzoq yillar davomida u bilan qarama-qarshilik qildim. Lekin o'tgan mavsum "Barselona" Neymarsiz "Bernabeu"da g'alaba qozonib ketdi."