Madridning «Real» klubi xavbeki Kazemiro jamoasining mavsumda eng qizg'in pallaga etib kelganini ta'kidladi.
Braziliyalik futbolchi «qirollik» klubining asosiy musobaqalardagi imkoniyatlarini ancha yuqori baholayapti.
«Hozir barcha bizning qanday qobiliyatga ega ekanimizni bilib turibdi. Menimcha ham, hali barchasi oldinda. Har ikki titul uchun jiddiy kurashamiz. "Real"ning katta o'yinlarda "suyagi qotgan", - deydi Kazemiro.
Eslatib o'tamiz, kecha "Real" La Liga doirasida "Eybar"ni 2:0 hisobda enggan edi.