«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan yarimhimoyachi Federiko Valverde va hujumchi Eden Azar safga qaytishga yaqin turganini ma'lum qildi.
«Umid qilamanki, biz Azar va Valverdeni safga qaytishga deyarli tayyor. Yaqin vaqt ichida ularning qanday ahvolda ekanliklari oydinlashadi.
Men ularning «Liverpul» bilan Chempionlar Ligasi chorak finalining birinchi o'yinida maydonga tushishlariga ishonaman», - deya ta'kidlaydi frantsiyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, «Real» va «Liverpul» o'rtasidagi uchrashuv 6 aprel kuni bo'lib o'tadi.
Ma'lumot o'rnida, joriy mavsum 22 yoshli Valverde 25 uchrashuv o'tkazdi va 3 gol, 1 golli uzatma qayd etdi. 30 yoshli Azar esa 14 uchrashuvda 3 gol urishga muvaffaq bo'ldi.