"Real" prezidenti Florentino Peres uchun Ispaniya chempionatining 29-turidan o'rin olgan "Eybar"ga qarshi o'yin "Qirollik klubi" boshqaruvidagi minginchi rasmiy uchrashuv bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Peres dastlab 2000-2006 yillarda "Madrid" rahbari sifatida ishlagan bo'lsa, shuningdek, 2009 yildan buyon klubni boshqarib kelmoqda.
Bu vaqt davomida klub 656ta o'yinda g'alaba qozongan bo'lsa, 172ta uchrashuvda durang o'ynagan. Klub 172ta bahsda yutqazgan.
Peres prezidentligi davrida "Real" 26ta sovrinni qo'lga kiritgan. Jamoa, xususan, Chempionlar ligasida 5 marta g'olib chiqqan.