Ramos olgan jarohati tufayli "Barselona"ga qarshi bahsda va ECHLdagi "Liverpul"ga qarshi ikkita o'yinda ishtirok eta olmaydi."Bunda hech kim aybdor emas — Ispaniya terma jamoasi ham emas, "Real" ham emas. Bu futbolning bizga yoqmaydigan tomoni. Jarohatlarga tayyor bo'lishimiz kerak. Ramos tezroq tiklanishini xohlaymiz. U jamoamiz sardori. Tez orada Serxioni maydonda ko'ramiz», — deydi Zidan Marca nashriga."Real" 10 aprel kuni "Barselona"ga qarshi o'ynaydi. "Liverpul"ga qarshi ECHL chorak final bahslari 6 va 14 aprel kunlari bo'lib o'tadi.