«Borussiya Dortmund» hujumchisi Erling Xoland «Real»ga o'tishni xohlamoqda, deb xabar beradi AS.
Manbag ko'ra, Xolandning otasi bu haqda «Qirollik klubi» ijrochi direktori Xose Anxel Sanches bilan suhbatda ma'lum qilgan.
Avvalroq, norvegiyalikning agenti Mino Rayola va uning otasi 1 aprel kuni Barselonaga safar qilishgan. U erda «Barselona» prezidenti Joan Laporte bilan muzokaralar olib borishgan.
Bir necha soatdan so'ng esa Madridga «Real» prezidenti Florentino Peres bilan uchrashish uchun uchib ketishgan.
Qayd etish mumkin, Erlingning norvegiyalikning «asalarilar» bilan shartnomasi 2024 yil 30-iyungacha amal qiladi.
110 million evroga baholanayotgan futbolchi ushbu mavsum Bundesligasining 21 uchrashuvida 21 gol urdi va 4 golli uzatma amalga oshirdi.