Futbolchi uchun bosh davogar "Bavariya"dir. Tomonlar ehtimoliy transfer borasida muzokaralar olib borishmoqda.
"Real" shartnomasi mavsum so'nggida yakunlanadigan o'yinchi bilan bitimni uzaytirish borasida kelishuvga erishmadi.
"Qaymoqranglilar" unga maoshi 10%ga pasayishi bilan 3 yillik shartnoma taklif qilishdi. Ispaniyalik esa maoshi ko'tarilishini xohlaydi, sababi u doim o'zi sazovor bo'lganidan kam haq oladi deb hisoblaydi. Barcha davogar klublar uning moliyaviy talablarini qondirishga tayyorlar.