"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan klub sardori Serxio Ramosning jarohati borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi Ispaniya terma jamoasi yig'inida jarohat olgani sababli "Liverpul" va "Barselona"ga qarshi bo'ladigan muhim o'yinlarni o'tkazib yuboradi.
"Ramosning jarohat olishida hech kimning aybi yo'q. Bunda na terma jamoa, na "Real" aybdor. Futbolda shunaqasi bo'lib turadi, bu futbolning bir qismi. Buni qabul qilishdan boshqa ilojimiz yo'q.
Albatta, Serxio imkon qadar tezroq tuzalishini istaymiz. U ham o'yinchi, ham sardor sifatida "Real"ning muhim a'zosi", - dedi Zidan.