Onda Cero xabariga ko'ra, "qirollik klubi"dagilar transfer qiymati 150 million evroga baholanayotgan 20 yoshli norvegiyalikni sotib olish uchun kataloniyaliklarda pul yo'q deb hisoblashadi.
"Real" vakillarining fikricha, "Barsa" "o'yinda" faqatgina transfer narxini oshirish uchun ishtirok etyapti deb hisoblashmoqda.
"Barselona"dagilar esa vaziyatga ijobiy ruhda qarashmoqda. Klubdagilar futbolchining otasi Alf-Inge Xoland va agenti Mino Rayola bilan o'tgan uchrashuvdan mamnun. "Barsa" futbolchining transferini amalga oshirish mumkinligiga ishonadi.