Mersisaydliklar rahbariyati jamoa hujumchisi Muhammad Saloh va bosh murabbiy Yurgen Kloppni klubda olib qolish bo'yicha harakat qilmoqda.
Rahbariyat garchi jamoa Premer-ligada 8 o'rinda ketayotgan bo'lsada nemis mutaxassisiga yuqori ishonch bildiryapti va unga kelasi mavsum ham imkon berib ko'rmoqchi.
Shu o'rinda Saloh ham kelasi mavsum katta ehtimol klubni tark etmaydi. «Qizillar» prezidenti «Real»dan tushgan takliflarni rad etdi va misrlik futbolchi xizmatlariga muhtojligini bildirgan.
Biroq Salohning o'zi Ispaniyaga yo'l olishga qarshi emas.